locale OZ

«Arsenal» Edegorni sotishi mumkin — Sami Mokbel

Edegorning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal Edegorni sotishi mumkin — Sami Mokbel
ФОТО: Getty images

Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida 27 yoshli yarim himoyachi Martin Edegorni sotishi mumkin. Bu haqda BBC jurnalisti Sami Mokbel X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

"Hozirda 'Arsenal' Edegorni maqbul narx evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi", — dedi jurnalist Latte Firm podkastida.

Edegorning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda "Arsenal" sardori 36 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va sakkizta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt sayti ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 65 mln yevroni tashkil etadi.

Edegor "kanonirlar" safiga 2021 yilda kelib qo‘shilgan. Shu vaqt ichida u 234 ta uchrashuv o‘tkazib, 42 ta gol urdi va 46 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting