locale OZ

«Arsenal» Dyokereshni transferga qo‘yadi

27 yoshli futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Dyokereshni transferga qo‘yadi
Фото: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh bo‘yicha qishki transfer oynasida keladigan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal»da shvetsiyalik hujumchining jamoadagi faoliyatidan qoniqish tobora pasayib bormoqda. Dyokeresh klubda o‘zini to‘liq namoyon qila olmayotgani aytilmoqda. Buning ehtimoliy sabablaridan biri esa uning bosh murabbiy Mikel Arteta taktikasiga to‘liq mos kelmayotgani bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, «kanonirlar» yanvar oyida Dyokeresh bo‘yicha tushadigan takliflarni eshitishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Dyokeresh joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo hozircha samarali harakatlari bilan ajralib tura olmagan.

Transfermarkt ekspertizasiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting