locale OZ

«Arsenal» Dushan Vlahovichni tekinga qoʻlga kiritishi mumkin

Uning «Yuventus» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Dushan Vlahovichni tekinga qoʻlga kiritishi mumkin
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi «Yuventus»ning 26 yoshli markaziy hujumchisi Dushan Vlahovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib One Football portali xabar berdi.

Manbaga koʻra, «kanonirlar» Vlahovichni mutlaqo tekinga oʻz saflariga qoʻshib olishlari mumkin, sababi uning turinliklar bilan shartnomasi ushbu mavsum yakunida tugaydi. Hujumchiga «Arsenal»dan tashqari «Atletiko Madrid», «Milan» va «Bavariya» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, Vlahovich joriy mavsumda «Yuventus» safida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting