locale OZ

«Arsenal» Chempionlar Ligasida 12 ta oʻyindan beri yutqazmayapti

Londonliklar ikki oʻyin natijasiga koʻra «Sporting»ni magʻlub etib, yarimfinalga yoʻllanma oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Chempionlar Ligasida 12 ta oʻyindan beri yutqazmayapti
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvida «Sporting» bilan durang o‘ynadi (0:0) va dastlabki bahsdagi 1:0 hisobidagi g‘alaba evaziga yarimfinalga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa, «to‘pchilar» joriy mavsumdagi 12 ta uchrashuvning birortasida ham mag‘lubiyatga uchrashmadi.

Mikel Arteta shogirdlari umumiy bosqichda «Atletik Bilbao» (2:0), «Olimpiakos» (2:0), «Atletiko Madrid» (4:0), «Slaviya» (3:0), «Bavariya» (3:1), «Bryugge» (3:0), «Inter» (3:1) va «Qayrat» (3:2) jamoalarini mag‘lub etishdi. 1/8 finalda esa «Bayer» to‘sig‘idan o‘tildi (1:1, 2:0). Endilikda yarimfinalda «Arsenal»ni yana «Atletiko» bilan bahs kutmoqda.

Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi (Vengriya) «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting