locale OZ

\"Arsenal\" \"Chelsi\" Kasado uchun kurashadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" "Chelsi" Kasado uchun kurashadi
Photo: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyati Yevropaning ko‘plab klublari diqqat markazida turibdi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliyaning ikki top klubi — “Arsenal” hamda “Chelsi” jamoalari 21 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda.

Kasado va “Barselona” o‘rtasida tuzilgan shartnomada futbolchining tovon puli 100 million yevro qilib ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, “ko‘k-anorranglilar” yozgi transfer oynasida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida futbolchini arzonroq narxda qo‘yib yuborishga tayyor.

Mark Kasado “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 6 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Yarim himoyachining “Barselona” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting