«Arsenal» Bukayo Saka bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi bitim 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Arsenal» klubi Bukayo Saka bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma borasida muzokaralarni yakunlash arafasida. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirishiga ishonch bildirgan, biroq muzokaralar hali to‘liq yakuniga yetmagan. Klub rahbariyati Saka yangi bitimni joriy yil oxirigacha imzolashiga umid qilmoqda.
24 yoshli angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsum Saka barcha musobaqalar doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.
Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist