locale OZ

“Arsenal” Bruno Gimarayesh uchun 93 mln yevro to‘lashga tayyor

28 yoshli futbolchi faoliyatini londonliklar safida davom ettirishga qarshi emas.
“Arsenal” Bruno Gimarayesh uchun 93 mln yevro to‘lashga tayyor
FOTO: Getty Images

TEAMtalk xabariga ko‘ra, “Arsenal” “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimarayesh transferini 93 million yevro evaziga yakunlash mumkin deb hisoblamoqda. London klubi braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” futbolchi bilan shaxsiy shartlar borasida kelishuvga erishgan. Endi klub “Nyukasl”ni transfer summasi bo‘yicha ko‘ndirish ustida ishlamoqda. Biroq ingliz klubi hozircha Gimarayeshni 100 million funt atrofida baholamoqda va uni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.

28 yoshli braziliyalik yarim himoyachi “Arsenal”ga o‘tishga qarshi emasligi aytilmoqda. Endi transferning amalga oshishi ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga bog‘liq.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting