«Arsenal» Braim Dias uchun kurashda yetakchilik qilmoqda
Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Real» hujumchisi Braim Diasga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Londonliklar Marokash terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzolash poygasida asosiy nomzod bo‘lib turibdi. «To‘pchilar» yozgi transfer oynasi arafasida tarkibni aynan Dias hisobiga kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» Angliya Premyer-ligasi klublaridan bir nechta taklif olgan va munosib taklif tushsa, futbolchini sotishga tayyor. Ispaniya grandi Diasning narxi borasidagi o‘z talablariga javob beradigan har qanday taklifni tinglashga ochiq ekanini bildirgan.
Shuningdek, Angliyaning boshqa yetakchi klublari, jumladan, «Tottenhem» va «Nyukasl Yunayted» ham Braim Dias atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.