«Arsenal» birinchi, «Barselona» toʻrtinchi, «Real» esa toʻqqizinchi — Goal nashri Chempionlar Ligasi favoritlari reytingini yangiladi
Nufuzli Goal portali mutaxassislari Chempionlar Ligasining 1/8 final qur'asidan so'ng turnir g'olibligi uchun asosiy da'vogarlar reytingini yangiladi. Shakllangan turnir setkasi reytingdagi o'rinlarga jiddiy ta'sir ko'rsatdi.
Reytingning yuqori ikki pog'onasini hamon «Arsenal» va «Bavariya» egallab turibdi. «Kanonirlar» hali biror marta ushbu turnirda g'olib chiqmaganiga qaramay, asosiy favorit maqomini saqlab qolgan.
1/8 finalda «Galatasaroy»ga qarshi bahs olib boradigan «Liverpul» uchinchi o'ringa ko'tarildi. Kuchli beshlikni esa «Barselona» va «Manchester Siti» yakunlab bergan.
Goal talqiniga ko'ra YChL favoritlari (Top-10):
- «Arsenal»
- «Bavariya»
- «Liverpul»
- «Barselona»
- «Manchester Siti»
- «PSJ»
- «Atletiko» Madrid
- «Sporting»
- «Real» Madrid
- «Chelsi»
Qiziqarli jihati shundaki, 1/8 finalda «Manchester Siti» bilan to'qnash keladigan turnirning amaldagi g'olibi — «Real» reytingda 9-o'ringacha pastladi.