locale OZ

«Arsenal» «Bayer»dan Inkapyeni to‘liq sotib oldi

Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko‘ra, sotib olish summasi 52 million yevroni tashkil etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» «Bayer»dan Inkapyeni to‘liq sotib oldi
ФОТО: Getty images

Arsenal Bayer himoyachisi Piero Inkapyening to‘liq transferini e'lon qildi. Bu haqda "kanonirlar" matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

London klubi 24 yoshli futbolchini ijaraga olish shartnomasida ko‘zda tutilgan sotib olish opsiyasini faollashtirdi. Ma'lum qilinishicha, ijara muddati tugagach, Inkpaye 2026 yil 1 iyuldan boshlab doimiy asosda ularning jamoasi futbolchisiga aylanadi. Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko‘ra, sotib olish summasi 52 million yevroni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil sentyabr oyida futbolchi Bayerdan ijaraga olingandi.
O‘tgan mavsumda Inkpaye Arsenal tarkibida 39 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Londonning Arsenal klubi 2025/2026 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting