locale OZ

“Arsenal” “Bavariya” himoyachisini transfer qilishni rejalashtirmoqda

Janubiy koreyalik futbolchi qishki transferlar oynasi uchun londonliklarning ehtimoliy nomzodlari qatoridan joy olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” “Bavariya” himoyachisini transfer qilishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi Myunxenning “Bavariya” jamoasi himoyachisi Kim Min Jeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Janubiy koreyalik futbolchi qishki transferlar oynasi uchun londonliklarning ehtimoliy nomzodlari qatoridan joy olgan. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal”ning futbolchiga qiziqishi himoya chizig‘idagi jarohatlar bilan bog‘liq. Xususan, Pyerro Inkapiyening safdan chiqishi jamoani qo‘shimcha markaziy himoyachi izlashga undagan. Kim Min Je esa jismoniy imkoniyatlari va xalqaro tajribasi bilan klub e’tiborini tortgan.

Falkning ta’kidlashicha, “Arsenal”ning skautlar bo‘limi rahbari Mauritsio Mikeli avvalroq “Napoli”da ishlagan vaqtida ham koreyalik himoyachining salohiyatini yuqori baholagan. “Bavariya” esa munosib taklif tushsa, futbolchining transferini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Kim Min Je 2023-yilda Italiyaning “Napoli” klubidan “Bavariya”ga o‘tgan. U Janubiy Koreya terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Hozircha “Arsenal” futbolchi uchun rasmiy taklif yuborgani ma’lum emas.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting