\"Arsenal\" \"Bavariya\" futbolchisini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Bavariya" yarim himoyachisi Joau Palinya faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Kristian Falk.
Manbaga ko‘ra, "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani uni o‘z sxemasiga mos futbolchi deb hisoblamaydi, shu bois uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Portugal futbolchisi "Bavariya"ga o‘tgan yil yozida "Fulhem"dan kelib qo‘shilgandi. Transfer qiymati 51 mln yevro bo‘lgan.
O‘tgan mavsumda 30 yoshli Palinya klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, biror marta ham samarali harakat qilmagan.
Transfermarkt portali hisob-kitoblariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 30 mln yevroni tashkil etadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor