«Arsenal» Bastoniga qiziqish bildirmoqda
Londonning «Arsenal» klubi Milanning «Inter» jamoasi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, ingliz klubi rahbariyati bosh murabbiy Mikel Artetaning taktik uslubi Bastonining kuchli jihatlariga to‘la mos keladi, deb hisoblamoqda.
«Inter» klubi esa futbolchi bo‘yicha 90–100 mln yevrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Himoyachining milanliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, Bastoni 2017 yilning avgust oyida «Atalanta»dan 31 mln yevro evaziga «Inter» safiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u klub miqyosida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 80 mln yevroni tashkil etadi.