locale OZ

«Arsenal», «Barselona» va «Chelsi» «Ayaks» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, «MYU» va «Ayaks» ham ushbu futbolchiga daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal», «Barselona» va «Chelsi» «Ayaks» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Arsenal», «Barselona», «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» kabi jamoalar «Ayaks» yarimhimoyachisi Mika Godtsning harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, bir nechta klublarning skautlari Niderlandiya chempionati doirasidagi «Breda»ga (2:0) qarshi o‘yinni bevosita stadiondan kuzatishgan. Mazkur bahsda 20 yoshli belgiyalik futbolchi yakkaxon reydidan so‘ng gollardan biriga mualliflik qilgan.

Godts 2024 yil yanvar oyidan buyon «Ayaks» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2026 yilning mart oyida yarim himoyachi Belgiya terma jamoasi safida debyut qilishga ulgurdi. Transfermarkt portali Godtsning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting