locale OZ

«Arsenal» Barkola bo‘yicha “PSJ”ga murojaat qildi

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.
«Arsenal» Barkola bo‘yicha “PSJ”ga murojaat qildi
ФОТО: Getty images

“PSJ” vingeri Bredli Barkola faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli vinger futbolchi Londondagi “Arsenal”ga o‘tishi mumkin. Ingliz grandi rasmiy taklif yuborishdan oldin bitimning kerakli tafsilotlarini aniqlash ustida ishlamoqda.

Ta’kidlanishicha, “PSJ” bu yozda fransiyalik futbolchini klubda saqlab qolishni afzal ko‘rmoqda, biroq mos taklif tushgan taqdirda uning ketishi ehtimolini ham istisno etmayapti.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Barkola barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining parijliklar klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting