locale OZ

Arsenal «Ayaks» bilan Aleksandr Zinchenko transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Ukrainalik futbolchi faoliyatini Erediviziyada davom ettirishga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal «Ayaks» bilan Aleksandr Zinchenko transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» «Ayaks» bilan himoyachi Aleksandr Zinchenko transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi «Nottingem Forest»dan Amsterdam klubi safiga o‘tishga yaqin turibdi. TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, Zinchenko «Nottingem Forest»dagi faoliyatini yakunlamoqda.

Himoyachi 2025 yilda yozgi transfer oynasining oxirgi kunida «Arsenal»dan ijaraga «Nottingem Forest»ga kelgan edi. Klubda qolgan vaqtida Zinchenko jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan faqat 4 tasida asosiy tarkibda o‘ynadi. «Forest»da asosiy jamoaga kira olmadi.

Manbaga ko‘ra, «Ayaks» «Arsenal» bilan himoyachini mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Zinchenko ham Niderland klubiga o‘tishga rozilik bildirgan. Uning «Arsenal» bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi, va «Ayaks» rejasi shundan iboratki, futbolchi bilan keyingi yillarga ham shartnoma imzolash.

Hozirda Erediviziya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda turgan Niderland klubi transferni iloji boricha tezroq yakunlamoqchi. Shu sababli, himoyachi transferi yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting