locale OZ

«Arsenal» Angliya Kubogi rekordini oʻrnatdi

«Kanonirlar» «Uigan Atletik»ni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Angliya Kubogi rekordini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Angliya Kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Arsenal» «Uigan Atletik» jamoasini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Londonliklar o‘yinning dastlabki 30 daqiqasidayoq raqib darvozasiga to‘rtta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Opta Sports ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» mazkur turnir tarixida (1992/93-yilgi mavsumdan buyon) uchrashuvning dastlabki yarim soatida raqib darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilgan ilk Premyer-liga jamoasiga aylandi.

Hozirgi vaqtda «Arsenal» APL turnir jadvalida ham peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» «kanonirlar»dan to‘rt ochko ortda qolmoqda. Londonliklar navbatdagi uchrashuvini shu chorshanba kuni mehmonda «Vulverxempton»ga qarshi o‘tkazishadi. Mazkur bahs APL doirasida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting