locale OZ

«Arsenal» Angliya futboli tarixiga kirdi

Londonliklar Liga Kubogi doirasida «Brayton»ni magʻlub etishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Angliya futboli tarixiga kirdi
FOTO: Getty Images
Angliya Liga kubogi
29.10.2025, Yak.
Arsenal
2
Brayton
0

Londonning «Arsenal» klubi oʻz maydonida boʻlib oʻtgan Angliya Liga Kubogining toʻrtinchi bosqichida «Brayton»ni 2:0 hisobida magʻlub etib, Angliya futboli tarixida yangi rekord oʻrnatdi.

Statistik maʼlumotlarni taqdim etuvchi Opta Sport portalining yozishicha, «kanonirlar» Angliya oliy divizioni tarixida bir oy ichida oltita oʻyin oʻtkazib, ularning barchasida gol oʻtkazib yubormagan ilk jamoa boʻldi.

Avvalroq «Arsenal» Angliya Premyer-ligasida «Kristal Pelas» (1:0), «Fulhem» (1:0) va «Vest Hem» ustidan gʻalaba qozongan edi.

Shuningdek, Chempionlar ligasida londonliklar «Atletiko» (4:0) hamda «Olimpiakos»ni (2:0) magʻlub etishgan, Liga Kubogida esa «Brayton»dan (2:0) ustun kelishdi.

Shu tariqa, Mikel Arteta shogirdlari bir oy davomida oʻtkazilgan barcha oltita uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab, tarixiy natijaga erishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting