«Arsenal» Alvarez transferiga ko‘z tikkan
Alvarezning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha tuzilgan.
Фото: Getty Images
Ispaniyaning «Atletiko» klubida to‘p surayotgan yulduz hujumchi Xulian Alvarez Londonning «Arsenal» klubi transfer maqsadlari ro‘yxatida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
«To‘pchilar» rahbariyati argentinalik futbolchini sotib olishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Yaqin haftalar ichida ehtimoliy transfer bo‘yicha yangi xabarlar paydo bo‘lishi mumkin. Alvarez yaqinda agentini almashtirdi va klubini o‘zgartirishni istamoqda.
26 yoshli argentinalik futbolchining Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 110 million yevroga baholanmoqda. Alvarezning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha tuzilgan.