locale OZ

“Arsenal” 40 million yevrolik hujumchini sotib olmoqchi

“Bayer” rahbariyati yosh hujumchini uzoq muddatga jamoada saqlab qolishni istamoqda.
“Arsenal” 40 million yevrolik hujumchini sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Leverkuzenning “Bayer” jamoasi futbolchisi Kristian Kofaneni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. 20 yoshli kamerunlik hujumchiga Angliyaning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda transferlar bo‘yicha insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal”dan tashqari “Everton”, “Aston Villa” va “Nyukasl” ham Kofanening transferini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kamerunlik futbolchining ehtimoliy transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

“Bayer” rahbariyati yosh hujumchini uzoq muddatga jamoada saqlab qolishni istamoqda. Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Hozircha uning transferi yuzasidan rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Kristian Kofane joriy mavsum Germaniya Bundesligasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Kamerunlik futbolchi 2025-yil yozida Ispaniyaning “Albasete” klubidan “Bayer”ga o‘tgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting