locale OZ

«Arsenal» 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Mbemba Parij klubini tark etishga yaqin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi
ФОТО: Getty images

Londonning "Arsenal" klubi PSJ yoshlar jamoasining 18 yoshli chap qanot himoyachisi Emmanuel Mbembani tekin qoʻshib olmoqchi.

Le Parisien nashrining xabariga koʻra, futbolchiga birinchi professional shartnoma taklif qilinganiga qaramay, u Parij klubini tark etishga yaqin.

Manbaga koʻra, Mbembaning PSJ bilan 2024 yilda tuzilgan yoshlar shartnomasi shu yozda tugaydi, "Arsenal" esa futbolchiga oʻz taklifini bildirgan. Xabar qilinishicha, Angliya chempionlari yakunlangan mavsumda uni bir necha bor kuzatgan.

Shunga qaramay, yosh fransiyalikning Angliya Premer-ligasida oʻynashi uchun terma jamoadagi oʻyinlari soni yetarli emas, bu esa, agar transfer amalga oshsa, "kanonirlar"ni uni boshqa ligaga ijaraga berishga majbur qilishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting