locale OZ

“Arsenal” 17 yoshli avstriyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, “Aston Villa” va “Brayton” ham yosh futbolchining rivojlanishini kuzatmoqda.
“Arsenal” 17 yoshli avstriyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Arsenal” “Shturm”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Luka Vaynxandlga qiziqish bildirmoqda. London klubi futbolchini qishki transfer oynasida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, “Aston Villa” va “Brayton” ham yosh futbolchining rivojlanishini kuzatmoqda. Bu haqda CaughtOffside’ning Daily Briefing loyihasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu uch klub skautlari Vaynxandlning “Rapid” va LASKga qarshi o‘yinlarini stadiondan kuzatib, uning harakatlari bo‘yicha batafsil hisobot tayyorlagan. “Arsenal” futbolchini uzoq muddatli loyiha uchun istiqbolli variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

“Shturm” bosh murabbiyi Fabio Ingolich esa transfer mish-mishlariga xotirjam munosabat bildirdi. Mutaxassis Vaynxandlni juda iqtidorli futbolchi deb atab, uning 17 yoshida xalqaro tajribaga ega futbolchidek o‘ynayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, murabbiy klub futbolchini hozircha tarkibning muhim qismi sifatida ko‘rayotganini aytdi.

Ma’lumot uchun, Vaynxandl joriy mavsumda “Shturm” asosiy jamoasida muntazam maydonga tushmoqda. Ayrim manbalarda uning ehtimoliy transfer qiymati 17–20 million funt atrofida baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting