locale OZ

“Arsenal” 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay APL chempionligi uchun asosiy da’vogar

Model London klubining mavsum yakunida titulni qo‘lga kiritish ehtimolini 43,52 foiz deb baholagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay APL chempionligi uchun asosiy da’vogar
Foto: Getty Images

“Arsenal” Angliya Premyer-ligasining 5-turida “Brayton”ga 0:3 hisobida yutqazganiga qaramay, Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga ko‘ra chempionlik uchun eng yuqori imkoniyatga ega jamoa bo‘lib qolmoqda. Model London klubining mavsum yakunida titulni qo‘lga kiritish ehtimolini 43,52 foiz deb baholagan. Bu haqda Sports Illustrated xabar bermoqda.

Mavsum boshlanishidan avval “Arsenal”ning chempionlik imkoniyati 38 foizga baholangan edi. Hozirgi hisob-kitobda bu ko‘rsatkich 43,52 foizga ko‘tarilgan. “Manchester Siti” esa 40,96 foiz bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Opta modeli “Arsenal” mavsumni 76,06, “Siti” esa 75,64 ochko bilan yakunlashini prognoz qilmoqda.

Mikel Arteta jamoasi dastlabki to‘rt turda maksimal natija qayd etgan, biroq “Brayton”ga qarshi safar uchrashuvida 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Manchester Siti” esa besh turdan so‘ng 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, “Arsenal” 12 ochko bilan undan uch ochko ortda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Opta superkompyuteri “Liverpul”ning chempionlik imkoniyatini 4,44 foiz, “Brayton”nikini 3,90 foiz, “Chelsi”nikini 1,03 foiz deb baholagan. “Manchester Yunayted”da esa bu ko‘rsatkich 0,92 foizni tashkil etmoqda. Hisob-kitoblar mavsumning qolgan uchrashuvlarini minglab simulyatsiyalar orqali modellashtirish asosida shakllantiriladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting