Arsen Venger JCh-2026 favoriti qaysi jamoa ekanligini aytdi
Bu galgi mundal okena ortida boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
Sobiq «Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger 2026 yilgi Jahon chempionatining asosiy favoriti sifatida Fransiya milliy jamoasini ko‘rsatdi. Vengerning aytishicha, turnirda g‘alaba qozonish uchun eng katta imkoniyat aynan fransuzlarda.
«Men imkon qadar obyektiv bo‘lishga harakat qilaman, lekin Fransiya bitta sababga ko‘ra asosiy favorit: unda boshqa hech bir mamlakatda bo‘lmagan darajada dunyo darajasidagi hujumchilar bor. Bu esa juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi», — deydi Venger.
2026 yilgi Jahon chempionati finali Nyu-York yaqinidagi Ist-Raterford shahrida joylashgan «MetLife» stadionida o‘tkaziladi. Musobaqaning amaldagi chempioni — Argentina milliy jamoasi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist