locale OZ

Arsen Venger FIFA prezidentligi uchun Infantino bilan raqobatlashishi mumkin

Hozirda mutaxassis FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘yicha rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsen Venger FIFA prezidentligi uchun Infantino bilan raqobatlashishi mumkin
photo: gettyimages

Arsen Venger FIFA prezidentligi uchun Infantino bilan raqobatlashishi mumkin

Hozirda mutaxassis FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘yicha rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda Janni Infantinoning raqibiga aylanishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2027 yilning 18 mart kuni o‘tkaziladigan saylovda ishtirok etish uchun hozircha faqat amaldagi prezident Janni Infantino o‘z nomzodini ilgari surgan.

Biroq Infantinoning muxoliflari nomzodlarni ro‘yxatga olish muddati yakunlanadigan 18 noyabrga qadar unga jiddiy raqobatchi paydo bo‘lishidan umidvor. Ularning ayrimlari Arsen Vengerni prezidentlik saylovida qatnashishga ko‘ndirish niyatida.

Ayni paytda fransiyalik mutaxassis FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘yicha rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al Husayn ham saylovda ishtirok etishi mumkin. U 2016 yilda Infantino bilan FIFA prezidentligi uchun raqobatlashgandi.

Avvalroq ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida tilga olingan CONCACAF prezidenti Viktor Montalyani esa saylovda qatnashishni rejalashtirmayapti.

Hozircha Venger va Ali bin Al Husayn o‘z nomzodlarini rasman ilgari surmagan. Shu sababli Infantinoning saylovdagi raqiblari kim bo‘lishi hali aniq emas.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting