Arsen Venger FIFA loyihasiga aloqador emasligini ma’lum qildi
FIFAning global futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktori Arsen Venger Jahon chempionati tijoriy huquqlarini sotish bilan bog‘liq FIFA Forward Enterprise loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etmaganini bildirdi. Uning aytishicha, mazkur tashabbus haqida ilk bor ommaviy axborot vositalari orqali xabar topgan.
Venger FIFAda o‘yin ma’lumotlarini tahlil qilish, onlayn mashg‘ulot markazi faoliyati, 60 ta mamlakatdagi futbol akademiyalari va yoshlar musobaqalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanishini ta’kidladi. Shuningdek, u IFABning texnik maslahatchisi sifatida ham faoliyat olib boradi.
Fransiyalik mutaxassis loyihani bekor qilish qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, FIFA mustaqil tashkilot bo‘lib qolishi hamda futbol manfaatlariga oshkoralik, halollik va mas’uliyat bilan xizmat qilishi kerak.
Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Jahon chempionati tijoriy huquqlarini boshqarish uchun yangi tuzilma tashkil etishni nazarda tutgan edi. Futbol konfederatsiyalarining keskin tanqidi va ayrim UEFA a’zolari tomonidan bildirilgan boykot tahdidlaridan so‘ng FIFA prezidenti Janni Infantino rejadan voz kechgan.