Arsen Venger Chempionlar Ligasi finali oldidan Artetaga maslahat berdi
«Arsenal» klubining afsonaviy sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvi oldidan «kanonirlar»ning amaldagi ustozi Mikel Artetaga oʻz maslahatlarini berdi.
«Men nima deb maslahat bergan boʻlardim? Doim nima ish qilayotgan boʻlsang, shuni davom ettir va xotirjamlikni saqlashga harakat qil, garchi buning imkonsiz ekanligini bilsam ham. Jamoaga mustahkam ishonch bagʻishla. Arteta buni qanday qilishni juda yaxshi biladi. U futbolchilarni mendan koʻra yaxroq taniydi. Jamoa butun mavsum davomida namoyish etgan oʻsha jipslikni saqlab qolish kerak va gʻalaba uchun mana shunisi yetarli boʻladi», — deya Vengerning soʻzlarini keltirmoqda «Arsenal» rasmiy sayti.
Maʼlumot uchun, hal qiluvchi bahsda London klubi Fransiyaning PSJ jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv ertaga, 30 may kuni Budapeshtdagi (Vengriya) «Pushkash Arena» stadionida boʻlib oʻtadi.