Arne Slot: «Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat «PSJ» bilan o‘yin oldidan bizga yordam bermaydi»
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Kubogi chorak finalida «Manchester Siti»dan qabul qilingan yirik mag‘lubiyatdan (0:4) so‘ng, jamoasining Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalidagi imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Agar chorshanba kuni yaxshi o‘yin o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatning o‘ziyoq sizga yordam bermaydi. Yanada yirikroq hisob esa Parij safari oldidan biz uchun katta muammoga aylangan bo‘lardi. Men jamoani o‘yinga qaytarishga, hisobni 1:4 yoki 2:4 ko‘rinishiga keltirishga harakat qildim. Ammo asosiysi — boshqa gol o‘tkazib yubormaslik va hisobni shunday saqlab qolish edi. O‘sha paytda asosan shuni o‘yladim», — deydi Arne Slot.
«Liverpul»ni oldinda YCHL chorak finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi o‘ta mas’uliyatli o‘yinlar kutmoqda. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 8 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 14 aprelda «Enfild»da o‘tkazilishi belgilangan.