locale OZ

Arne Slot kiyinish xonasida «Liverpul» yarimhimoyachisi bilan janjallashib qoldi

Ushbu hodisaning aniq sabablari va tafsilotlari ochiqlanmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arne Slot kiyinish xonasida «Liverpul» yarimhimoyachisi bilan janjallashib qoldi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» jamoasi ichida muhit keskinlashgani haqida xavotirli xabarlar tarqalmoqda. Indykaila News nashrining klubdagi ishonchli manbalarga tayanib xabar berishicha, o‘tgan hafta bosh murabbiy Arne Slot va yarimhimoyachi Kertis Jons o‘rtasida mojaro yuz bergan.

Hozircha kiyinish xonasida sodir bo‘lgan ushbu nizoning aniq sabablari va tafsilotlari ochiqlanmagan. Biroq klubga yaqin manbalar vaziyat ancha jiddiy ekanini ta’kidlashmoqda. Bu voqea jamoaning ichki muhitiga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum.

Maʼlumot uchun, Kertis Jons — mersisaydliklar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlar doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta samarali uzatmani yozdirib qo‘ygan.

25 yoshli futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Jonsning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting