locale OZ

Arne Slot iste'foga chiqarilgan taqdirda «Liverpul»ni kim boshqarishi maʼlum boʻldi

Mersisaydliklar joriy mavsumda jami 9 ta oʻyinda magʻlub boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arne Slot iste'foga chiqarilgan taqdirda «Liverpul»ni kim boshqarishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Avval «Tottenhem» va «Nottingem Forest» jamoalarini boshqargan Angelos Postekoglu agar klub rahbariyati Arne Slotni ishdan bo‘shatishga qaror qilsa «Liverpul»ni murabbiylik qilishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, niderlandiyalik mutaxassis hanuz klub rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shuningdek, «Liverpul» egalari Postekogluni jamoaning bosh murabbiyi lavozimi uchun munosib nomzod deb hisoblashadi.

Eslatib oʻtamiz, Arne Slot 2024 yilning yozida «Liverpul»ni boshqara boshlagan. Uning rahbarligi ostida «qizillar» 2024/2025 yilgi mavsum yakunida Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozongan.

Joriy mavsum esa «Liverpul» barcha musobaqalarni hisobga olganda 9 ta mag‘lubiyatga uchradi, jumladan so‘nggi o‘yinda Chempionlar ligasida «PSV»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting