locale OZ

Arne Slot APL'dagi debyut mavsumidayoq Ser Aleks Fergyuson sovrinini qo'lga kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arne Slot APL'dagi debyut mavsumidayoq Ser Aleks Fergyuson sovrinini qo'lga kiritdi
FOTO: Getty Images

“Liverpul“ bosh murabbiyi Arne Slot “Liverpul” menejerlar assotsiatsiyasi (LMA) tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Slotga Ser Aleks Fergyuson nomi bilan atalgan sovrin topshirildi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi bor 2021/2022-yilgi mavsumda “Liverpul”ni boshqargan Yurgen Klopp ushbu sovringa nomzod bo'lgan edi. O'shanda mersisaydliklar 92 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 2-o'rinni egallashgan edi.

Slotga ushbu sovrin 27-may, seshanba kuni Londondagi JW Marriott Grosvenor House'da bo'lib o'tgan 33-yillik taqdirlash marosimida topshirildi.

Ma'lumot uchun, “Liverpul” yakunlangan mavsum APL'da 84 ochko jamg'arib Angliya chempioniga aylandi. Ikkinchi o'rindagi “Arsenal” bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting