Arne Slot \"Al Ahli\" bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoridan joy oldi
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq "Liverpul" ustozi Arne Slot klub rahbariyati ko‘rib chiqayotgan asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.
Biroq ushbu tayinlov amalga oshishiga jiddiy to‘siq bor. Gap shundaki, "Al Ahli" birinchi navbatda amaldagi bosh murabbiy Matias Yaysslening jamoani rasman tark etishini kutmoqda. Germaniyalik mutaxassis "Nyukasl" bosh murabbiyligiga yaqin turibdi va faqat uning ketishi tasdiqlangandan keyingina Saudiya klubi yangi murabbiy bilan muzokaralarni jadallashtiradi.
Qayd etilishicha, Arne Slot bilan bir qatorda portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra ham nomzodlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Hozircha "Al Ahli" hech bir murabbiy bilan rasmiy muzokaralarni boshlamagan.
Eslatib o‘tamiz, Arne Slot 2026-yilning may oyida "Liverpul"ni tark etganidan beri yangi jamoa boshqarmagan. So‘nggi haftalarda uning nomi Niderlandiya terma jamoasi va bir qator Yevropa klublari bilan ham bog‘lanmoqda.