locale OZ

Arnautovich Avstriya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi eng keksa gol muallifi bo‘ldi

Marko 37 yosh-u 59 kunligida to‘p kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arnautovich Avstriya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi eng keksa gol muallifi bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Avstriya terma jamoasining 37 yoshli hujumchisi Marko Arnautovich milliy jamoa tarixida jahon chempionatlarida gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi, deb xabar bermoqda Opta.

JCh-2026 doirasidagi Iordaniyaga qarshi kechgan birinchi o‘yinda (3:1) Arnautovich qo‘shib berilgan vaqtda penaltini aniq amalga oshirib, 37 yosh-u 59 kunligida to‘p kiritdi.

Shu tariqa, u 1998 yilgi jahon chempionatida Kamerun darvozasiga (1:1) gol urganda 34 yosh-u 93 kunlik bo‘lgan Toni Polsterning rekordini yangiladi.

Avstriya terma jamoasi navbatdagi o‘yinini 22 iyun kuni o‘tkazadi. Jamoa Dallasda Argentina bilan uchrashadi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting