Arnau Tenas ijaraga asosan «Mallorka»ga o'tdi
Ispaniyalik darvozabon Arnau Tenas kelasi mavsumni «Mallorka» safida o'tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy tarzda ma'lum qildi.
25 yoshli posbon «Vilyarreal»dan bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida «Mallorka»ga yo'l oldi. Tenas 2025 yil avgustidan beri «sariq suvosti kemasi» sharafini himoya qilib kelayotgandi.
O'tgan mavsum Ispaniya La Ligasi doirasida darvozabon 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 16 ta gol o'tkazib yubordi. Uning «Vilyarreal» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, «Mallorka» 2025/26 yilgi mavsum yakunida La Ligada 38 ta o'yinda 42 ochko to'plab, 18-o'rinni egalladi va Segundaga yo'l oldi.
Palma-de-Mallorka klubi yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 15 avgust kuni o'z maydonida «Valyadolid»ga qarshi o'tkazadi.