Armin Boshnyak — \"Metallurg\" futbolchisi!
Yangi mavsumga reja asosida puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish ishlarida ham faollikni unutmayapti.
Jumladan, hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida chernogoriyalik legioner Armin Boshnyak taklif etildi. Yurtdoshlarimizga "Andijon" klubi safidagi o‘yinlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi yangi mavsum "Metallurg" safida to‘p tepadi.
Chernogoriyada mavsum qizg‘in pallasiga kirgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. "Meridianbet 1" musobaqasida 21-turdan keyin "Sutyeska" jamoasi 39 ochko bilan yetakchi bo‘lsa, "Arsenal" 26 ochko jamg‘arib, 8-pog‘onani egallab turibdi. 19 uchrashuvda maydonga tushgan Boshnyak hisobiga 4 ta gol urib, 3 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Armin faoliyati davomida "Yedinstvo", "Iskra", "Rudar", "Zeta", "Balkani" (Kosovo), "Tampins Rovers" (Singapur), "Yezero", "Andijon" va "Arsenal Tivat" jamoalari sharafini himoya qilgan.
"Armin Boshnyak yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.
Armin Boshnyak
Tug‘ilgan sanasi: 20.04.1994
Bo‘yi: 1.87
Ampluasi: Yarim himoyachi, hujumchi
O‘ynagan jamoalari: "Yedinstvo", "Iskra", "Rudar", "Zeta", "Balkani" (Kosovo), "Tampins Rovers" (Singapur), "Yezero", "Andijon", "Arsenal Tivat"