Arman Sarukyan UFC'dagi maoshi ikki baravar oshirilganini e'lon qildi
UFC yengil vazn toifasi reytingida ikkinchi o‘rinda borayotgan, Armaniston sharafini himoya qiluvchi Arman Sarukyan liga bilan tuzilgan yangi shartnomaga ko‘ra uning maoshi ikki baravarga oshganini ma’lum qildi.
«UFC Paramount kompaniyasi bilan kelishuvga erishganidan so‘ng, jangchilarning maoshi ko‘tarildi. Men bilan ham, boshqa chempionlar bilan ham shartnomalar qayta tuzildi. Masalan, ilgari 2 million dollar olganlar endi 4 million dollar ishlab topishadi.
Biroq, bu baribir bokschilarning gonorarlari bilan teng emas. O‘ylaymanki, 3–4 yildan keyin vaziyat albatta o‘zgaradi, bu holat abadiy davom etishi mumkin emas. Har holda, agar sen UFC chempioni bo‘lsang va o‘z kamaringni himoya qilayotgan bo‘lsang, kamida 10 million dollar ishlab topishing kerak», — deya ta’kidladi Sarukyan Ryan Garcia Kick YouTube kanaliga bergan intervyusida.