locale OZ

Argentinalik Roma futbolchisi intervyu berib, unda o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni tilga oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Argentinalik Roma futbolchisi intervyu berib, unda o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni tilga oldi
Rasm: one.uz Eldor Shomurodov va Matias Sule

«Roma»ning argentinalik futbolchisi Matias Sule yaqinda bergan intervyusida idealista.it jurnalistiga «Roma»dagi ilk kunlari va uni eng ko‘p hayratga solgan jihatlar haqida gapirib berdi. Eng esda qolarli lahza, dedi Sule, jamoadoshi Eldor Shomurodovning Yevropa Ligasidagi goli bo‘ldi.

O‘sha oqshom Eldor Shomurodovning «Atletik Bilbao»ga qarshi o‘yinning so‘nggi soniyalarida urgan goli eng esda qolarli bo‘ldi. To‘la tribuna, ajoyib manzara, g‘alabani to‘la stadionda nishonlash unutilmas lahzalarni taqdim etdi va bu menga juda yoqdi. Faoliyatim davomida bunday holatni boshdan kechirmaganman. Biz o‘ynaydigan «Olimpiko» har doim muxlislarga hissiyot ulashadi.

Matias Sule va Eldor Shomurodov «Roma» klubi hujumchilari hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting