Argentina va Ispaniya Finalissima bahsi oʻtkaziladigan joyni oʻzgartirish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
Ispaniya va Argentina futbol federatsiyalari 2026 yilning 27 mart kuni Qatarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Finalissima – 2026 bahsi o‘tkaziladigan joyni o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Veronika Brunati xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, har ikki mamlakat futbol federatsiyalari Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, uchrashuvni boshqa joyga ko‘chirish imkoniyatlarini birgalikda baholashlari lozim. Hozircha bu borada rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsa-da, mintaqadagi vaziyat tufayli dastlabki tanlangan manzil qayta ko‘rib chiqish bosqichida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar futbol assotsiatsiyasi (QFA) matbuot xizmati mamlakatdagi barcha futbol turnirlari o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilganini e’lon qilgan edi.