locale OZ

Argentina Messi bilan xayrlashmoqda

Afsona milliy jamoasi libosidagi so‘nggi o‘yinida ham ikkita assist va gol urdi. Butun stadion va futbolchilar Leo bilan ko‘z yosh bilan xayrlashmoqda. Futbolda katta davr yakuniga yetmoqda.
Argentina Messi bilan xayrlashmoqda
photo: gettyimages

Argentina Messi bilan xayrlashmoqda

Afsona milliy jamoasi libosidagi so‘nggi o‘yinida ham ikkita assist va gol urdi. Butun stadion va futbolchilar Leo bilan ko‘z yosh bilan xayrlashmoqda. Futbolda katta davr yakuniga yetmoqda.

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini rasman yakunladi. 39 yoshli futbolchining milliy jamoadagi so‘nggi bahsi Beninga qarshi o‘rtoqlik bellashuviga to‘g‘ri keldi.

Buyenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida o‘tgan bahsda Argentina 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining uchinchi golini urdi. Shuningdek, u Nikolas Otamendi va yarimhimoyachi Niko Pasning gollariga golli uzatma berdi.

Messi Argentina milliy jamoasi safidagi debyutini 2005 yil avgustida Vengriyaga qarshi bahsda o‘tkazgan. U milliy jamoa safida jami 208 ta bahsda maydonga tushib, 126 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Faoliyati davomida Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022 yilgi Finalissimada g‘olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, Messi milliy jamoalar safida gol urish bo‘yicha Krishtianu Ronaldundan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Portugaliyalik hujumchi milliy jamoa safida 146 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting