locale OZ

Argentina himoyachisi yarim finalni o'tkazib yuborishi mumkin

Argentina va Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi Jahon chempionati chorak final uchrashuvi 12-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Argentina himoyachisi yarim finalni o'tkazib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi himoyachisi Gonsalo Montiyel 2026-yilgi Jahon chempionati yarim finalida ishtirok etmaslik xavfi ostida turibdi.

Montiyel chorak final doirasidagi Shveytsariyaga qarshi uchrashuvda sariq kartochka olsa, Argentina keyingi bosqichga yo'l olgan taqdirda ham yarim final bahsini diskvalifikatsiya sabab o'tkazib yuboradi.

Hozirda Argentina tarkibida sariq kartochkalari soni tufayli diskvalifikatsiya xavfi ostida turgan yagona futbolchi aynan Gonsalo Montiyel hisoblanadi.

Argentina va Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi Jahon chempionati chorak final uchrashuvi 12-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 2022-yilgi mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting