Argentina futbolchilari Skalonining terma jamoada qolishini istamoqda
Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Mutaxassisning jamoadagi kelajagi hozircha noaniq.
AOL ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasi futbolchilari Skalonining o‘z lavozimida qolishini istamoqda. Jamoaning yosh iste’dodlaridan Nikolas Paz ham murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini aytdi.
«U menga Argentina terma jamoasida debyut qilish imkoniyatini berdi. Uning qolishini umid qilaman», — dedi Paz.
Tajribali himoyachi Kristian Romero ham Skalonini qo‘llab-quvvatladi:
«Biz uning qolishini umid qilyapmiz. U milliy terma jamoa uchun muhim shaxs».
Bu fikrni Leonardo Balerdi va Janluka Prestyanni kabi boshqa argentinalik futbolchilar ham qo‘llab-quvvatlagan. Qayd etish joizki, ularning har ikkisi ham 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etmagan.