Argentina futbol federatsiyasi kiberhujumga uchradi, misrlik xakerlar gumon qilinmoqda
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) o'zining rasmiy elektron pochta tizimiga nisbatan kiberhujum amalga oshirilganini ma'lum qildi.
Federatsiya bayonotiga ko'ra, noma'lum shaxslar AFA'ning rasmiy akkauntlaridan ruxsatsiz elektron xabarlar yuborgan. Ushbu xabarlarda Argentina terma jamoasining Misr ustidan qozongan g'alabasi hakamlarning "noto'g'ri qarorlari" evaziga qo'lga kiritilgani haqida da'volar ilgari surilgan.
Argentina OAVlarining xabar berishicha, hujum ortida misrlik xakerlar guruhi turgan bo'lishi mumkin. Ular AFA tizimiga noqonuniy kirish orqali elektron pochta manzillari va boshqa ma'lumotlarni qo'lga kiritgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas.
AFA esa barcha xodimlar va hamkorlardan so'nggi vaqtlarda rasmiy manzillardan yuborilgan shubhali xabarlarga ishonmaslikni so'radi. Federatsiya hozirda IT mutaxassislari bilan birgalikda hodisa yuzasidan tekshiruv olib borayotganini va xavfsizlik choralarini kuchaytirganini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, mojaro Argentina va Misr o'rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final uchrashuvidan so'ng yuzaga kelgan. O'sha bahsda misrliklar hakamlikdan keskin norozi bo'lgan edi.