locale OZ

«Argentina bilan erishgan barcha yutuqlaring uchun senga cheksiz hurmatimni bildiraman» — Ronaldu Messi haqida

Krishtianu argentinalik hujumchining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani munosabati bilan unga tilaklarini yo‘lladi.
«Argentina bilan erishgan barcha yutuqlaring uchun senga cheksiz hurmatimni bildiraman» — Ronaldu Messi haqida
photo: gettyimages

Portugaliyalik 41 yoshli futbolchi Krishtianu Ronaldu Lionel Messining Argentina milliy jamoasi bilan xayrlashuviga bag‘ishlangan posti ostida izoh qoldirdi.

Ronaldu argentinalik futbolchining milliy jamoadagi uzoq yillik faoliyati va erishgan yutuqlariga hurmat bildirdi.

«Leo, sen shuncha yil davomida o‘z mamlakating sharafini himoya qilding va abadiy qoladigan tarix yaratding. Argentina bilan erishgan barcha yutuqlaring uchun senga cheksiz hurmatimni bildiraman. Quchoqlab qolaman», — deb yozdi Ronaldu.

Eclatib o‘tamiz, Leo Beninga qarshi o‘rtoqlik bellashuvida argentinaliklar safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu bellashuvda u nafaqat gol urdi, shu bilan birgalikda 2 ta assistni ham qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting