locale OZ

Argentina Angliyaga qarshi tarixiy ko‘k libosda maydonga tushadi

Aynan shu rangdagi libos 1986-yil Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining chorak finalida ham kiyilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Argentina Angliyaga qarshi tarixiy ko‘k libosda maydonga tushadi
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi JCh-2026 yarim finalida Angliyaga qarshi 1986-yilgi mundialdagi afsonaviy ko‘k libosda maydonga tushadi. FIFA argentinaliklarning ushbu iltimosini ma'qulladi.

Aynan shu rangdagi libos 1986-yil Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining chorak finalida ham kiyilgan edi. O‘shanda Diyego Maradona "Xudoning qo‘li" va "Asr goli" bilan Argentina terma jamoasiga Angliya ustidan 2:1 hisobidagi tarixiy g‘alabani taqdim etgan.

Argentina futbol assotsiatsiyasi bu safar ham tarixiy an'anani davom ettirish va omadli deb hisoblanadigan ko‘k libosda maydonga tushishga qaror qildi. Jamoa ushbu mundialda ham mazkur libosda Iordaniya ustidan g‘alaba qozongan edi.

Endi esa Lionel Skaloni shogirdlari 40 yil avvalgi tarixni takrorlash umidida Angliyaga qarshi yana ko‘k libosda final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting