locale OZ

Arda Gyuler “Real” bilan yangi shartnoma imzolaydi

Madridliklar turkiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arda Gyuler “Real” bilan yangi shartnoma imzolaydi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” yarim himoyachisi Arda Gyulerning klubdagi kelajagi deyarli hal bo‘ldi. Madridliklar turkiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Shu bilan birga, 21 yoshli futbolchining maoshi ham oshiriladi. “Real” bu qaror orqali Gyulerning jamoa loyihasidagi muhim o‘rnini ta’kidlashni istamoqda.

Gyuler joriy mavsumda “Real” safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U yangi mavsum startida asosiy tarkib uchun kurashda muhim futbolchilardan biriga aylanib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Arda Gyuler 2023-yilda “Fenerbahche”dan “Real Madrid”ga o‘tgan. O‘tgan mavsumda u Chempionlar ligasining eng yaxshi yosh kashfiyoti sovrinini qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting