locale OZ

Arda Gyuler «Bavariya»ga qarshi oʻyin yakunlangach qizil kartochka bilan jazolandi

Uchrashuvda «Real» kambek qurboni boʻlib, YChL bilan xayrlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arda Gyuler «Bavariya»ga qarshi oʻyin yakunlangach qizil kartochka bilan jazolandi
FOTO: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Arda Gyuler Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvi (3:4) yakunlangach, hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Futbolchi uchrashuv bosh hakami Slavko Vinshichning Eduardu Kamavingani maydondan chetlatish borasidagi qaroridan g‘azabga kelgan. Aynan shu chetlatishdan so‘ng «qaymoqranglilar» o‘z darvozalaridan ikki bor to‘p olib chiqib, musobaqani tark etishgan edi.

Ta’kidlash joizki, Gyuler o‘yinning birinchi bo‘limida o‘z hisobiga dubl yozdirib qo‘yishga ulgurgan edi. Yarimhimoyachi uchrashuvning 90-daqiqasida zaxiraga olingan.

Endilikda «Bavariya» Chempionlar Ligasining yarimfinalida «PSJ» bilan to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida «Real» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Manchester Siti»ni 5:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Myunxenliklar esa xuddi shu bosqichda «Atalanta»ni umumiy 10:2 hisobida tormor keltirishgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting