locale OZ

Arbeloaning murabbiylar shtabi ma'lum bo‘ldi

Ularning ko‘pi "Real Kastilya"da birga ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloaning murabbiylar shtabi ma'lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

“Real” klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan ispaniyalik mutaxassis Alvaro Arbeloaning murabbiylar shtabi e'lon qilindi.

“Real Madrid”ning rasmiy saytida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Arbeloaning yordamchilari etib Xulian Carmona, Kevin Cardeiro va Rikardo da Silva tayinlandi.

Ularning barchasi murabbiy bilan “Kastilya”da birga ishlagan, Rikardo da Silva esa jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mas'ul bo‘lgan.

Shuningdek, texnik tahlilchi lavozimiga Fransis Sanchez tayinlandi. U ham avvalroq madridliklarning yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida Antonio Pintus qayd etildi. Darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy etib esa Luis Lopes tayinlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting