Arbeloa va Karvaxal oʻrtasiga «sovuqchilik» tushdi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va jamoa himoyachisi Dani Karvaxal o‘rtasidagi munosabatlar inqiroz yoqasiga kelib qoldi. El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, murabbiy va futbolchi deyarli muloqot qililishmayapti.
Karvaxal o‘zini maydonga tushishga to‘liq tayyor deb hisoblasa-da, bosh murabbiy uni nima sababdan zaxirada qoldirayotganini tushuntirmayapti. Hattoki, tajribali himoyachining so‘nggi paytlarda o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotlarida ham ko‘rinish bermayotgani vaziyat jiddiyligidan dalolat beradi.
Dani Karvaxal 2013 yildan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelayotgan haqiqiy afsonalardan biri sanaladi. U o‘tgan davr mobaynida barcha turnirlarda jami 436 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 65 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurgan. Biroq joriy mavsum u uchun biroz omadsiz kechmoqda: himoyachi 10 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa-da, hali birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.
Ayni damda Transfermarkt portali 34 yoshli futbolchining transfer qiymatini 7 million yevroga baholamoqda. Jamoa sardorining «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan bo‘lib, hozircha uning Madridni tark etishi yoki murabbiy bilan kelishib olishi so‘roq ostida qolmoqda.