Arbeloa Trentga «Real»ni tark etishni maslahat bermagan — AS
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Trent Aleksandr-Arnoldga ishonadi va uni jarohatdan so‘ng jamoa asosiy tarkibiga qo‘shish niyatida. «Qaymoqranglilar» rahbariyati 27 yoshli himoyachini uzoq muddatli variant sifatida ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi ingliz nashrlari tarqatgan, unda Arbeloa Aleksandr-Arnoldga «men sizga ishonmayman» degan gapni aytgani haqida ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ta’kidlanishicha, ispan mutaxassisi futbolchi bilan muloqot qilgan, lekin maqsadi unga to‘liq qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish bo‘lgan.
Aleksandr-Arnold o‘tgan yoz «Real»ga qo‘shilgan. Shu davrda u barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, uchta golli pas berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.