locale OZ

Arbeloa Trent Aleksander-Arnoldga «Real»ni tark etishni maslahat berdi

Angliyalik himoyachi oʻtgan yozda Madrid klubiga oʻtgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa Trent Aleksander-Arnoldga «Real»ni tark etishni maslahat berdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa himoyachi Trent Aleksander-Arnoldga o‘z manfaatlari yo‘lida jamoani tark etishni maslahat berdi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Arbeloa futbolchini uzoq muddatli rejalarida hisobga olmasligini bildirgan. Shuningdek, bosh murabbiy Aleksander-Arnold oyog‘idan olgan jarohatidan tiklanib qaytgach ham asosiy tarkibda muntazam maydonga tushmasligini ochiq aytgan.

Angliyalik futbolchi «Real» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan. U barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.

Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. «Transfermarkt» portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting